TDSHU Buyuk Britaniya universitetlari bilan inkluziv ta’lim bo’yicha xalqaro loyihada qatnashadi
2025-yil 16-may kuni London shahrida joylashgan Westminster universitetining Regent Campusida “Oʻzbekiston – Buyuk Britaniya Taʼlim Forumi”ning ikkinchi kuni boʻlib oʻtdi.
Forumda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva forumning “Inclusive Higher Education” (Inklyuziv oliy taʼlim) mavzusidagi muhim sessiyasida nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, TDSHUdagi xalqaro hamkorlik orqali inklyuzivlikni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar haqida maʼlumot berdi.
Mazkur sessiyada inklyuziv universitet o’quv dasturlarini ishlab chiqish, yangi hamkorlik loyihalarini boshlash va “Good Practice Guide” asosida tajriba almashish muhokama qilindi.
TDSHU delegatsiyasining ushbu forumda faol ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.
Sessiya yakunida Westminster universiteti rahbariyati O’zbekiston OTMlari ishtirokida bajariladigan inkluziv ta’lim bo’yicha yangi loyiha Britaniya kengashi tomonidan moliyalashtirilishini e’lon qildi. Bu loyihada TDSHU ham hamkor.


