Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Lanjou universitetida bo‘lib o‘tayotgan simpoziumda ishtirok etmoqda

04.12.2025, 16:06 Yangiliklar 98

2025-yil 3–4 dekabr kunlari Lanjou universiteti rahbariyati tomonidan TDSHU delegatsiyasi uchun qator ishchi uchrashuvlar va tanishtiruv sessiyalari tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida delegatsiya a’zolari Xitoy oliy ta’limida qo‘llanilayotgan:
• raqamli boshqaruv mexanizmlari;
• o‘quv va ta’lim jarayoni sifatini oshirish strategiyalari;
• ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi;
• karyera xizmatlari va bitiruvchilarni bandlikka yo‘naltirish amaliyoti;
• xarajatlar tizimi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash

bo‘yicha Lanjou universiteti tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur uchrashuvlar va amaliy sessiyalar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, hamkorlik doirasini kengaytirish hamda ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.