TDSHU delegatsiyasi Xitoyning Pekin shahriga tashrif buyurdi
![](https://tsuos.uz/wp-content/uploads/2023/08/photo_2023-08-16_13-09-28-1024x576.jpg)
Pekin shahri (XXR) da bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektor maslahatchisi Asilbek Shukurov boshchiligidagi delegatsiya 16- avgust kuni Pekin shahar fuqarolik jamiyatining xalqaro almashinuv assosatsiyasiga tashrif buyurdi.
Universitet delegatsiyasi vakillari assosatsiya Prezidenti Van Yang Sia bilan uchrashdi hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.