TDSHU delegatsiyasining Ege universitetiga rasmiy tashrifi
2025-yil 25-aprel kuni TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillaridan iborat delegatsiya Ege universitetining Turizm fakultetida boʻldilar.
Tashrif davomida universitet faoliyati, talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishilib, fakultet rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Mazkur tashrif doirasida 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab ikki oliy ta’lim muassasalaring turizm yoʻnalishi talabalari oʻrtasida qoʻshma ta’lim dasturi boʻyicha talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar amalga oshirildi.





