Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU delegatsiyasining Xitoyga tashrifi

27.10.2025, 15:19 Yangiliklar 394

2025-yil 25-26-oktyabr kunlari TDSHU vakillari Lanjou shahrida Shimoli-G‘arbiy pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro forumda ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

“Osiyo va Yevropa pedagoglarining III xalqaro ta’lim forumi” mavzusida tashkil etilgan va 14 ta davlatlar vakillari qatnashgan ushbu anjumanning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va olimlari ochiq, inklyuziv va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishlari uchun xalqaro platforma yaratishga qaratilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Nodir Abdullayev xalqaro forumda “Sharqshunos-xitoyshunoslarni tayyorlashning institutsional imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekistonda sharqshunoslik sohasining shakllanishi va rivojlanishi tarixi, mazkur yo‘nalishda kadrlarning tayyorlanishi borasida atroflicha so‘zlab berdi.

TDSHU Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Q.Imomnazarov “Sun’iy intellekning insoniyat taraqqiyotadagi o‘rni va kelajak istiqbollari” nomli ma’ruzasida sun’iy intellektni voqelik sifatida qabul qilib, talabalarga o‘rgatish va o‘z ustida ishlash malakasini rivojlantirish kerakligini ta’kidladi.