TDSHU delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi
Joriy yilning 19-sentabrida imzolangan memorandumga ko’ra Yaponiya mehmonxonalarida amaliyot o’tash uchun yuboriladigan 40 nafar Turizm yo’nalishi talabalari uchun yaratiladigan shart-sharoitlar o’rganish maqsadida 31-oktabr-1-noyabr kunlarida Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiyatsiyasi rasmiy taklifi bilan Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Nodir Abdullayev hamda Amaliyot va hamkorlik bo’limi boshlig’i Sirojiddin Maxatov Yaponiyada xizmat safarida bo’lib turishibdi.
Safar davomida “Xorijda Fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” VIII forumida ishtirok etildi hamda Osiyo davlatlari oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan hamkorlik o’rnatish yuzasidan uchrashuvlar o’tkazildi.