TDSHU dotsenti Hindistondagi nufuzli universitetda onlayn ma’ruza o’qidi
2025-yil 24-noyabr kuni Eronshunoslik va afg’onshunoslik oliy maktabi professor-òqituvchilari Hindistonning Javaharla’l Neru universiteti Markaziy Osiyo va Fors tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda online maʼruza tashkil qildilar.
✨ F.f.d., prof. Xolida Alimova مبانی اللغه اثر میرزا مهدی خان: دستور زبان ازبکی قدیم در فارسی («Mirzo Mehdixonning «Maboni ul-lug’at» asari forsiydagi eski o’zbek tili grammatikasi» ), f.f.d., prof.v.b. Dilfuza Axmedova پژوهشهای میانفرهنگی در ایرانشناسی معاصر («Zamonaviy eronshunoslikda madaniyatlararo tadqiqotlarning ahamiyati»), f.f.d., dots. Oydin Turdiyeva ادبیات زنان در دوره پس از انقلاب اسلامی («Islom inqilobidan keyingi davr ayollar adabiyoti») kabi mavzularda ma’ruza qildilar.



