Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU dotsenti Koreyaning yetakchi Yonsei universitetida “Xorijlik ustozlar uchun koreys tili bo‘yicha malaka oshirish” dasturida ishtirok etmoqda

08.08.2025, 21:48 Yangiliklar 469

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Koreyashunoslik oliy maktabi dotsenti v.b. Yusupova Gulchexra Alisherovna Koreya Respublikasining nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Yonsei universitetining taklifiga binoan 2025-yil 5–21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan “Xorijlik ustozlar uchun koreys tili bo‘yicha malaka oshirish” dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur dastur uchun butun dunyo bo‘ylab atigi 10 nafar professor-ustozlar tanlab olingan bo‘lib, ularning orasida O‘zbekiston vakili sifatida Yusupova Gulchexra Alisherovna tanlab olindi.

Yonsei universiteti dunyoning eng yaxshi oliygohlari qatoridan joy olgan bo‘lib, QS xalqaro reytingida TOP-50 talikka kiradi.

Gulchexra Yusupova mazkur malaka oshirish dasturida Koreyashunoslik, ayniqsa, kompyuter lingvistikasi va korpus lingvistikasi sohalarida o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitmoqda.