TDSHU dotsenti Sichuan universitetida ilmiy ma’ruza o’qidi
2025-yil 10-dekabr kuni TDSHU Xitoyshunoslik oliy maktabi boshlig‘i, PhD, dotsent Feruza Xasanova XXRning Sichuan universiteti taklifiga binoan “O‘zbekistonda xitoyshunoslik tadqiqi: kecha, bugun va ertaga” mavzusida ilmiy ma’ruza o’qidi.
Sichuan universiteti 1896-yilda tashkil etilgan davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Xitoyning eng nufuzli universitetlari orasida 21-o‘rinda turadi. Shuningdek, u dunyoning eng yaxshi 400 ta universiteti qatoriga kiradi va global reytingda 397-o‘rinda qayd etilgan.

