TDSHU dotsenti Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou (Lanzhou) universitetida ma’ruza o‘tkazildi
Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou (Lanzhou) universitetida doktorantura, magistratura va bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarga TDSHU dotsenti Bobir Odilov va Valisher Abirovlar tomonidan “Modernizatsiya sharoitida kulolchilik an’analarini saqlash masalasi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Mazkur tadbir barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan madaniy merosni asrash, ta’lim va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ta’lim, madaniyat va jamiyat manfaatdor tomonlari o‘rtasida sektorlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus TDSHUning BRMlar bo‘yicha xalqaro akademik platformalarda faol ishtirok etish hamda turli sektor vakillari ishtirokida bilim va tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur ma’ruza haqida Lanchjou universiteti rasmiy sahifalarida e’lon qilindi: https://news.lzu.edu.cn/info/1057/1095425.htm


