TDSHU dotsenti Yevroosiyo seminarida ishtirok etdi.
2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Janubiy Koreya Respublikasining “Qirol Sejong” instituti tomonidan tashkil qilingan “Yevroosiyo” seminari (Workshop)da Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi dotsenti v.b., PhD. Gulshoda Yunusova ham ishtirok etdi. Seminar jarayonida koreys tilini o‘zbek tilida o‘rganuvchilar uchun ishlab chiqilayotgan “og‘zaki va yozma tarjima”, “bizness tarjima”ga oid darsliklarning ahamiyat qaratish lozim bo‘lgan jihatlari muhokama qilindi. Seminarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyadan ham mutaxasislar ishtirok etishdi. Workshop qizg‘in muzokara-munoza-mulohaza shaklida bo‘lib o’tdi. Tez kunlarda o‘zbek talabalari uchun darsliklarning ilk nashrlari chiqishi kutilmoqda.