TDSHU dotsentlari XXRda o’tkazilgan xalqaro forumda ishtirok etdilar
#BRM4
2024 -yilning 20-22 sentyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Dunxuan shahrida 7- Xalqaro Ipak yo‘li madaniy ekspo bo’lib o’tdi.
Ekspo doirasida Lanchjou universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Makon va yo‘l” Xitoyning Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik va rivojlanish forumida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xitoyshunoslik oliy maktabi” dotsenti, Lanjou universiteti madaniy almashinuv markazi direktori Sultanova Lola Akmalovna va “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, Gender tadqiqotlari markazi direktori Niyazova Nargiza Muxtarovna o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.