TDSHU Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi ustozlari Hindistonning Javaharla’l Neru Universitetida
2025-yil 20–26-noyabr kunlari TDSHU Eronshunoslik va afg‘onshunoslik oliy maktabi ustozlari M. Xabibova va N. Kabirova Hindistonning Javaharla’l Neru Universiteti Til, adabiyot va madaniyatshunoslik maktabi hamda Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazida bo‘lib qaytdilar.
Tashrif davomida fors va o‘zbek tillarini o‘rganayotgan talabalarga ma’ruzalar o‘qildi, shuningdek, ilmiy suhbatlar va muhokamalar olib borildi.


