Yaponiya davlat universitetlari assotsiatsiyasi va Tsukuba universiteti Prezidenti Nagata Kyosukega TDSHU faxriy professori unvoni berildi
2024-yil 29-oktabr kuni TDSHUga Yaponiya davlat universitetlari assotsiatsiyasi va Tsukuba universiteti Prezidenti Nagata Kyosuke boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Nagata Kyosukega Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Faxriy professori unvoni berildi.
Uchashuvdan so’ng mehmonlar universitet yapon tili markazi hamda kutubxonasi bilan tanishib, yapon tilida tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashdi.
TDSHU va Yaponiyaning Tsukuba universiteti bilan hamkorlikda ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriylash, xususan, uning imkoniyatlarini bevosita o‘quv va boshqaruv sohalariga integratsiya qilish ilmiy loyihasini amalga oshirish. Sun’iy intellektni qo‘llash asosida talabalarga xorijiy tillarni o‘rgatishga, mutaxassislik fanlarini puxta o‘zlashtirishga va universitetda ish samaradorligini oshirishga imkoniyatlar yaratiladi.
Loyihani dastlab shartli ravishda “Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish” deb nomlash mumkin. Loyihani Sukuba universiteti yoki LSA tashkiloti tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
TDSHU va Sukuba universiteti bilan hamkorlikda “Double degree” dasturi asosida magistratura boskichida kadrlar tayyorlashni tashkil qilish. Xususan, TDSHUda “Lingvistika (yapon tili)” va “Xalkaro munosabatlar” mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, TDSHU o‘qituvchilari uchun malaka oshirish va talabalarga til stajirovkalari kurslarini tashkil etish. Har yili TDSHUning 2 nafar yapon tili o‘qituvchisi uchun Sukuba universiteti tomonidan grant ajratish imkoniyatini ko‘rib chikish. TDSHU va Sukuba universiteti o‘rtasida talabalar almashuvini tashkil etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.