Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU jamoasi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida

11.09.2025, 12:33 Yangiliklar 488

2025-yil 11-sentabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari ishtirokida “Qadri – ulug‘, xotirasi – barhayot jadidlar!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning ozodligi, istiqlol va taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan jadid ziyolilar xotirasini yod etish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda 2025–2026 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir yoshlarning milliy o‘zlikni anglashini yanada mustahkamlash, tarixiy xotira orqali kelajakka dadil qadam tashlashida muhim ahamiyat kasb etdi.