TDSHU kasaba uyushmasi qo’mitasi jamoat shartnomasini qabul qilish masalasiga bag’ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi
2026-yil 16-mart kuni TDSHU ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi o’rtasida 2023-2025 yillarga mo’ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi hamda 2026-2028-yillar uchun jamoa shartnomasini qabul qilish masalalariga bag’ishlangan mehnat jamoasining konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo’linmasi kengashi raisi Abduhalil Rahmonov, TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijtimoiy sug‘urta bo‘limi yetakchi mutaxassisi Barkashbayev Fazliddin Payzullayevich, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Barno Sabirova hamda universitet prorektorlar, bo’lim boshliqlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.
TDSHU prorektori Shuhrat Mirziyatov hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Chori Xusanov universitetning iqtisodiy faoliyati, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat intizomi va rag’batlantirish, ijtimoiy sug’urta va kafolatlar, madaniy-ma’rifiy ishlar va sport, mehnat shartnomasi va bandlik kafolatlari, mehnatga haq to’lash va ijtimoiy yordam, mehnatni muhofaza qilish, kasbga tayyorlash va malaka oshirish, ayollar va yoshlar uchun imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Shirin Zaynutdinova ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlar hamda jamoa shartnomasini bajarish dalolatnomasi bo’yicha axborot berdi.
Konferensiya so’nggida, jamoa shartnomasi ijrosi to’liq bajarilgan deb tasdiqlandi.











