Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU katta o‘qituvchisi akademik litseyda mahorat darsida

02.12.2021, 23:26 Yangiliklar 2217

TDSHU Koreyashunoslik fakulteti katta o‘qituvchisi (PhD) G.D. Yunusova tomonidan TDSHU qoshidagi akademik litseyda “Koreys xalqi madaniyati orqali tilni o‘qitish metodikasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

2

Dars davomida koreys xalqi madaniyatining nozik jihatlari, tilni o‘rganish bilan bir qatorda, o‘rganilayotgan til madaniyati, urf-odatlari orqali tilni yanada mukammal egallash mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

3

TDSHU Matbuot xizmati