TDSHU Kengashining 11-son kengaytirilgan yig‘ilishi boʻlib oʻtdi
2024- yil 1- iyul kuni universitet Kengashining 11-son kengaytirilgan yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.
Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’at qarorlari va buyruqlari, Kengash qarorlari ijrosi kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2023-2024 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha prorektorlar hisoboti tinglandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 9- yanvardagi 6- son buyrug‘i ijrosi bo‘yicha Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi faoliyati, 2024/2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarining universitet bosqichi natijalari hamda nomzodlarni tanlov yo‘nalishlariga rioya qilgan holda navbatdagi bosqichga tavsiya etish to‘g‘risida ma’lumot kabi masalalar muhokama qilindi.