Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU London SOAS universiteti bilan hamkorlikka qadam qo’ydi

18.05.2025, 12:38 Yangiliklar 326

#SDG4

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda G‘arb tillari kafedrasi mudiri dotsent Saodat Saidakbarova SOAS universitetiga tashrif buyurdilar.

photo_2025-05-17_23-57-26

SOAS QS reytingida 508-o’rinda turadi. Talabalarning 43% i xorijiy talabalardir.

photo_2025-05-17_23-57-27

Tashrif chog‘ida delegatsiya SOAS universiteti direktori (vice chansellor) prof. Adam Habib hamda Gumanitar fanlar kolleji rahbari prof. Graeme Earl, Sharqshunoslik va Afrikashunoslik maktabi direktori, Sharqshunoslik va afrikashunoslik» jurnalining bosh muharriri Ayman Shihadeh bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy loyihalar, “academic teacher joint program”, raqamli gumanitar fanlar (“digital humanities”) va islomshunoslik va manbashunoslik yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

photo_2025-05-17_23-57-27 (2)

Tomonlar universitetlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda akademik almashinuv dasturlarini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

photo_2025-05-17_23-57-31

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish va ilmiy hamkorlik doirasini kengaytirishda muhim qadam bo‘ldi.