TDSHU o’qituvchilari Istanbul universitetida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdilar
TDSHU Turkshunoslik oliy maktabi stajyor-o‘qituvchilari N. Usmanova va N. Abdullayeva Istanbul universiteti Adabiyot fakulteti talabalariga “O‘zbek tili va turk tillarining leksik-morfologik qiyosiy tahlili hamda Nazar Eshonqul va Mustafo Qutlu hikoyalarida ramziy obrazlar talqini” mavzusida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdilar.
Shuningdek, tashrif davomida ular Adabiyot fakulteti dekani, professor Sevtap Kadıoğlu xonim bilan ham uchrashdilar.

