Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU o‘qituvchisi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va simpoziumda ishtirok etdi

14.02.2026, 13:40 Yangiliklar 68

2026-yil 10–14-fevral kunlari Vyetnam Sotsialistik Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va simpoziumda Koreyashunoslik oliy maktab boshlig‘i Yeon Sangheum hamda magistratura 1-bosqich talabasi Xashimova Lazizaxon G‘ofar qizi ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va simpoziumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan bir qatorda quyidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etdi:

-Tokio universiteti (Yaponiya),

-Maranata Xristian Universiteti (Indonezia),

-Hanoi Davlat Universiteti (Vyetnam),

-Kyeongkuk Davlat Universiteti (Koreya).

Tadbir doirasida koreyashunoslik yo‘nalishiga ixtisoslashgan yoshlar ilmiy anjumani va forumlari tashkil etildi, shuningdek koreys tili ta’limini yanada faollashtirish hamda iste’dodli kadrlarni tayyorlash maqsadida ilmiy-akademik almashinuv uchrashuvi (davra suhbati) o‘tkazildi.