TDSHU o‘qituvchisining Vengriyadagi xalqaro almashinuv dasturidagi ishtiroki
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘qituvchisi Yunusova Dildora Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) dasturi doirasida Vengriyaning Károli Gáspár Református Universitetida qisqa muddatli xalqaro tajriba almashish dasturida ishtirok etmoqda.
Tashrif davomida Yunusova Dildora hamkor universitet talabalari uchun ingliz tili fanidan ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlarini olib bordi, o‘qituvchilar bilan ta’lim jarayonini takomillashtirishga oid fikr va tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u ta’lim tizimlari, o‘qitish uslublari va o‘quv muhitining turli jihatlari bilan yaqindan tanishdi, hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqdi.
Mazkur safar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro faoliyatini yanada mustahkamlash, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ta’limda madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
TDSHU xalqaro dasturlarda faol ishtirok etib, xorijiy hamkor universitetlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirish orqali o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni davom ettirmoqda.


