TDSHU o‘qituvchisining xalqaro konferensiyadagi ishtiroki
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari “BRM 4 – Ta’lim sifati” doirasida xalqaro miqyosdagi konferensiya va simpoziumlarda o‘z ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda va chet ellik mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lishmoqda.
Shunday ma’ruzalardan biri – 2022-yil 10-yanvar kuni Hindistonning Central Road Research Instituti tomonidan “Xalqaro Hindiy tili kuni” munosabati bilan tashkillashtirilgan “Hind tili kontekstida tarjima ehtiyoji va muammolari” online konferensiyasida TDSHU “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi mudiri Xodjayeva Nilufar Bekmuratovna o‘zining “Zamonaviy dunyoda tarjima zarurati va muammolari” ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Nilufar Xodjayeva jahonda hind tili bo‘yicha tarjimashunoslik sohadagi muammolar haqida ma’ruza qildilar va ularni yechishga qaratilgan bir qancha takliflarni berdilar.
Universitet kafedra mudirasining ma’ruzasi hind mutaxassislari – Panjob universiteti Hind kafedrasi dotsenti Doktor Gurmit Singh va Nyu-Dehlining hindshunos olimi Doktor Manish Mohan Gore tomonidan munosib e’tirof etildi va kelajakdagi ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.