Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“TDSHU: O‘ZBEKISTONDA KOREYS TILINI O‘RGANISH” NOVOSIBIRSK DAVLAT UNIVERSITETIDA ONLAYN MA’RUZALAR, FILOLOGIYA FANLARI DOKTORI, PROFESSOR KIM N.D.

29.11.2022, 08:54 Yangiliklar 1148

BRM 5

2022-yil 18-noyabrdan 26-noyabrgacha Novosibirsk Davlat (Rossiya) gumanitar institutida filologiya fanlari doktori, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Kim Natalya Dek-xenovnaning onlayn ma‘ruzalari bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalar kursi koreys va koreys tilshunosligining dolzarb masalalari bo‘yicha turli mavzularni qamrab oladi: “Til vaziyati. Markaziy Osiyo mamlakatlarida koreys tilini o‘rganilishi (O‘zbekistonda til o‘rganilishi misolida), “Tillarning yo‘q bo‘lib ketishi muammolari. Goryeo mal (O‘zbekiston koreyslarining shevasi)”, “Oliy o‘quv yurtlarida koreys tili va lingvistik tadqiqotlar”, “Zamonaviy koreys tilshunosligi”, “Koreys tili va yoshlar. Yosh olimlar Forumi” va boshqalar. MDH mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda zamonaviy koreys tilini o‘rganish jadal rivojlanmoqda. O‘sib borayotgan qiziqish nafaqat ikki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va hamkorligi, balki O‘zbekistonning turli mintaqalarida koreys diasporasining ixcham yashashi bilan ham bog‘liq. O‘qish turli darajalarda olib boriladi: umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflaridan fakultativ darslarda oliy o‘quv yurtlariga mutaxassislik sifatida. Onlayn ma’ruza tinglovchilari talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar va ikkala universitetning professor-o‘qituvchilari.

Rejalashtirilgan barcha ma‘ruzalar bo‘yicha fikrlarning barachsi ijobiy bo‘ldi.

image_2022-11-29_08-51-24