TDSHUda professor Majid bin Abdulaziz at-Turki ishtirokida ma’ruza darsi tashkil etildi
2025-yil 17-sentyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari uchun Saudiya Arabistonining Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi direktori professor Majid bin Abdulaziz at-Turki ishtirokida ma’ruza darsi tashkil etildi.
Majid bin Abdulaziz at-Turki so‘nggi yillarda Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, turizm sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik hamda vizasiz rejimning joriy etilishi ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarning yanada mustahkamlanib borayotganidan dalolat ekanini qayd etdi.
Professor shu bilan birga xalqaro munosabatlar nazariyasi, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarning tarixiy asoslari hamda rivojlanishga to‘sqinlik qiluvchi omillar haqida nazariy ma’lumotlar berdi. Shuningdek, u o‘z kasbiy faoliyati davomida orttirgan amaliy tajribasi bilan ham talabalar bilan o‘rtoqlashdi.





