TDSHU professor-o’qituvchi va talabalari Boysun tumani «Tandir fest» festivalida
#ichki_turizm #Boysun #tandirfest
2023-yil 29-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda turizm salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti amaliy ishlarni Rishton, Yangiqoʻrgʻon, Chust va Boysun tumanlarida boshlagan edi.
Joriy yilning 2-4-may kunlari Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Tandir fest» festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur festivalda ishtirok etish maqsadida, TDSHU Turizm kafedrasi mudiri Ch.Xusanov boshchiligida, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi dotsenti B.Odilov hamda bir guruh magistrantlar va talaba-yoshlar Boysun tumaniga yetib kelishdi.






