TDSHU professor-o’qituvchilari hamda Qozog‘iston milliy universiteti talaba va ustozlari ishtirokida online ma’ruza bo’lib o’tdi

2024- yilning 24-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti Oliy maktabi professori, f.f.d. Ulfatxon Muhibova “Qadimgi hind eposlarining yozma adabiyot rivojiga ta’siri” mavzusida hamda mazkur Oliy maktabning katta o‘qituvchisi PhD Nasiba Abduganiyeva “Hind madaniyatining indonez folkloriga ta’siri” mavzusida Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti Yaqin va Uzoq Sharq tillari kafedrasi talaba va ustozlari ishtirokida ma’ruza qildilar.