TDSHU professor-o‘qituvchilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-yil 11-sentabr kuni TDShU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N.Abdullayev va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy e’tibor 2025/2026-o‘quv yili uchun qo‘yilgan ustuvor vazifalarga qaratildi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va raqamli ta’lim platformalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va xorijiy tajribalarni joriy qilish orqali ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash vazifasi belgilandi.
Yig‘ilish yakunida barcha fakultet va kafedralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


