TDSHU professor-o‘qituvchilari Namangan viloyati, Chust tumanidagi maktablarga tashrif buyurdilar
2025-yil 3- noyabr kuni TDSHU rektorining 2025-yil 13-oktabrdagi “Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirsh bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks tadbirlar rejasi” to‘g‘risidagi №27-UM buyrug‘i” ijrosini amalga oshirish maqsadida Eronshunoslik va afg’onshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari Namangan viloyati, Chust tumanidagi 1,10,11-maktablarga tashrif buyurdilar.
O‘quvchi-yoshlar bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda kelgusida OTMlarda o’qishlarini davom ettirish bo’yicha tavsiyalar, ilm-fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun maslahatlar berildi. Maktab o’quvchilari universitet hayoti bilan yaqindan tanishtirilib, mavjud ta’lim yo‘nalishlari xususida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Maktablardagi to’garaklar faoliyati o’rganilib, ilmiy faoiyatga qiziquvchi maktab o’quvchilarini universitetdagi olimlar va iqtidorli talabalarga biriktish bo’yicha kelishib olindi.

