TDSHU professor-o’qituvchilari Surxandaryo viloyati Boysun tumanidagi maktablarga tashrif buyurdilar
2025-yil 31-oktabr va 1-noyabr kunlari TDSHU Xitoyshunoslik hamda Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktablari professor-o’qituvchilari TDSHU rektorining 2025-yil 13-oktabrdagi №27-UM-xdfu buyrug’i ijrosini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Surxandaryo viloyati Boysun tumanidagi maktablarga tashrif buyurdilar.
TDSHU oliy maktablariga biriktirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda o’quvchilarni kelgisida OTMlarda o’qishlarini davom ettirish bo’yicha tavsiyalar, ilm-fanga bo’lgan qiziqishini orttirish uchun maslahatlar, bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun takliflar berildi. Har bir maktabda o’tkazilgan uchrashuvlar qizg’in savol-javoblarga boy va jonli muloqot tarzida bo’lib o’tdi.


