TDSHU professor-o’qituvchilari Turkiyaning Top-1000 talik reytingiga kiruvchi universitetlarda ma’ruza o’qidi
2025-yil 21-oktabr kuni Turkiyaning Top-1000 talik reytingiga kiruvchi Hacettepe va Ankara universitetlarida TDSHU Turkshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari — professor P. Kenjayeva, dotsent L. Aminova hamda dotsent D. Muhiddinova ma’ruza qildilar.
Ma’ruzalar davomida o‘zbek va turk tillarining qiyosiy tahlili, zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar ishtirok etdilar.


