TDSHU prorektori D.Sayfullayev “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi
2024-yil 27-sentabr Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Durbek Sayfullayev O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Turizm sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.