Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU prorektori N.Abdullayev XXRning Shimoli-G‘arbiy pedagogika universiteti tashrif buyurdi

30.10.2025, 12:31 Yangiliklar 107

2025 yil 29-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori N.Abdullayev Shimoli-G‘arbiy pedagogika universiteti prorektori Chjan Szinyao bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xususan, xitoylik talabalar akademik almashuv dasturlari asosida TDSHUda amaliyot yoki stajirovka o‘tash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, TDSHU prorektori s.f.d., professor N.Abdullayev Shimoli-G‘arbiy pedagogika universiteti talabalariga “O‘zbekistonda sharqshunos-xitoyshunos kadrlarni tayyorlash strategiyasi” mavzusida dars o‘tdi.