TDSHU prorektori Saudiya Arabistoni Podshohligida bo’lib o’tayotgan «O’zbekiston madaniyati kunlari» tadbirida ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligida bo’lib o’tayotgan «O’zbekiston madaniyati kunlari»ga mehmonlarning kelishi davom etmoqda.
7-oktabr kuni oʻtkazilgan mazkur nufuzli tadbirga Masjid al-Haram bosh imomi va ikki muqaddas Masjid ishlari boshqarmasi rahbari Abdul Rahman Al-Sudais janoblari tashrif buyurib Oʻzbekiston paviloni bilan yaqindan tanishdi.
Ushbu jarayonlarda martabali mehmonga TDSHU prorektori Shuhrat Mirziyatov Oʻzbekistonning boy madaniy merosini oʻzida jamlagan koʻrgazma bilan tanishish davomida hamrohlik qildi.
Abdul Rahmon Al-Sudays — Saudiya Arabistonidagi mashhur imom va Qur’on qori. U 1984-yildan beri Makka shahridagi Masjid al-Haram bosh imomi va Ikki Muqaddas Masjid ishlari boshqarmasi rahbari hisoblanadi. Uning Qur’on tilovati butun dunyoda mashhur bo‘lib, u tinchlik, mehr-oqibat va islomiy qadriyatlarni targ‘ib etadi.
Tashkil etilgan tadbir oxirida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga biriktirilgan Boysun, Rishton, Chust va Yangiqo’rg’on tumanlarining turizmi, urf-odatlari, madaniyati, tarixiy obidalari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

