Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU prorektori Sh. Mirziyoyatov Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston kunlari” festivalida ishtirok etmoqda

07.10.2025, 13:56 Yangiliklar 313

2025-yil 6-oktabr kuni TDSHU prorektori Sh. Mirziyatov Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston kunlari” festivali doirasida tashkiliy ishlar hamda delegatsiyalarni kutib olish jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida Sh. Mirziyoyatov Podshoh Abdulaziz Al Saud nomidagi fondning Ilmiy tadqiqotlar va arxiv ishlari bo‘limi mudiri Abdulloh Xolid Az-Zoyid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida u universitetimizning Tarjimashunoslik kafedrasi hamkorligida o‘zbek va arab adiblarining roman, qissa hamda hikoyalarini arab va o‘zbek tillariga tarjima qilish va nashr etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash orqali yo‘l xaritasi asosida ishlash istagini bildirdilar.