TDSHU rahbariyati TTJga tashrif buyurdi
2025-yil 6-oktabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universitet rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024- yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, mavjud muammo va kamchiliklari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tashrif chog‘ida talabalar turar joyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining sozligi o‘rganilib, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bu kabi ochiq muloqotlar talabalar va universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda ta’lim muhitini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







