TDSHU rahbariyati TTJga tashrif buyurdilar
2025-yil 29-sentabr kuni TDSHU rahbariyati universitetning davlat va DXSh asosida qurilgan TTJlariga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida universitet rahbariyati talabalar turar joyining joriy holati, yashash sharoitlari, oshxona, kutubxona, kuz, qish mavsumiga tayyorgarlik isitish-tuzilmalari, suv ta’minoti, xavfsizlik masalalari, talablarning dars qilishlari, bo’sh vaqtlarni mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, talabalar ehtiyojlariga mos keladigan yangi xona va sharoitlarni yaratish, ichki infratuzilmani yaxshilash, ta’mirlashdan so’ng talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash bo’yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.






