Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU rektori Erasmus+ loyihasi doirasida Leyden universitetida

24.06.2023, 00:41 Yangiliklar 1201

Ayni kunlarda TDSHU rektori G.Rixsiyeva Erasmus+ dasturi loyihasi asosida Niderlandiyaning Leyden universiterida xizmat safari bo‘lib, loyiha rahbari sifatida universitetda ma’ruzalar o‘qish bilan birga, TDSHU hamda Leyden universiteti o‘rtasida o’zaro hamkorlikni kengaytirish marlsalalarida faoliyat olib bormoqda.

G.Rixsiyeva loyiha doirasida Alisher Navoiy ijodi haqida ma’ruzalar o‘qidi. Shuningdek, universitetda so‘nggi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar, jumladan, navoiyshunoslik sohasi bo’yicha taqdimot qildi.

IMG_20230622_175000_828

Tashrif doirasida, TDSHUda nashr etilgan Alsher Navoiy tadqiqotlari seriyasi bo’yicha 7 jildlik kitoblar to’plami hamda G.Rixsiyeva hammuallifligida nashr etilgan xorijliklar uchun “O’zbek tili” intesiv kurs darsiligini Leyden universitetining mashhur kutubxonasiga sovg’a qilindi. Mazkur Leyden universitei kutubxonasi Markaziy Osiyo tadqiqotlari doirasidagi kitoblarning ko‘pligi bo‘yicha eng boy kutubxona hisoblanadi.

Ma’lumot o’rnida, Leyden universiteti 400 yildan ortiq tarixga ega Yevropaning qadimiy universitetlaridan biri bolib 1575-yilda tashkil etilgan. Albert Eynshteyn, Enriko Fermi, Rene Dekart, Rembrant kabi buyuk shaxslar ta’lim olgan mazkur universitetda, shuningdek 16 nafar Nobel mukofoti laureatlari ham yetishib chiqqan.

Universitet QS reytingida dunyoda 131-orinni bo‘lib, ijtimoiy fanlar yo‘nalishi boyicha esa 24-o‘rinni egallaydi.

2018-yildan beri TDSHU Leyden universitetining Ijtimoiy fanlar fakulteti bilan Erasmus mobillik loyihalari asosida hamkorlik qiladi. Ushbu loyihalar doirasida bizning sharqshunos olimlar SH.Yovqochev, Sh.Kamoliddin, U.Muhibova, S.Gulomov, Q.Yakubovlar ma’ruzalar o’qishgan.

IMG_2151