TDSHU rektori G.Rixsiyeva “Ulug‘bek” jamg‘armasida talaba-yoshlarga ma’ruza qildi
Joriy yilning 11-oktabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva Istedodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasida “O‘zbekistonning saylov transformatsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Rektor o‘z nutqida O‘zbekiston tarixida ilk bor aralash saylov tizimi joriy etilayotgani, ya’ni deputatlar qisman to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qisman esa partiyaviy ro‘yxatlar orqali saylanishi haqida ta’kidladi.
Shuningdek, saylov jarayonining raqamlashtirilishi va “E-Saylov” tizimining joriy etilishi natijasida shaffoflik oshirilayotgani haqida so‘z yuritdi. Ma’ruzada yangi qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiyalarning nomzodlarida kamida 40% ayollardan iborat bo‘lishi lozimligi qayd etildi.