TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchilidagi universitet vakillari Anqaradagi TURKSOY tashkilotiga tashrif buyurdi
20-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchilidagi universitet vakillari Anqaradagi TURKSOY tashkilotiga tashrif buyurdi va tashkilot bosh kotibi Sulton Rayev bilan kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va TURKSOY tashkiloti bilan hamkorlikda, turkshunoslik sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o’tkazish, tashkiloti hamkorligida tashkil etiladigan ilmiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamkorlikni yana izchil davom ettirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, rektor Gulchehra Rixsiyeva, TURKSOY tashkiloti bilan hamkorlikda yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, turkshunoslik sohasida ilmiy loyihalar salmog’ini oshirish borasida o’z takliflarini bildirdi.
Tashrif yakunida, tomonlar, yangi loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda doimiy ravishda hamkorlik qilish va 2026-yilda TDSHUda TURKSOY markazini ochish masalasida kelishib olindi.

