TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillari Turkiyaning Ankara Haci Bayram Veli universiteti rektori Prof. Dr. Mehmet Naci BOSTANCI janoblari bilan uchrashuv oʻtkazdilar
20-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi universitet vakillaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Anqara shahriga amalga oshirgan tashriflari doirasida Ankara Haci Bayram Veli universiteti rektori Prof. Dr. Mehmet Naci BOSTANCI janoblari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar, ilg‘or ta’lim metodlari va ilmiy faoliyatlarni rivojlantirish, talaba va yosh olimlar uchun birgalikdagi akademik almashinuvlar va konferensiyalar tashkil etish borasidagi takliflarni muhokama qildilar.
Shuningdek, amaldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki oliy ta’lim muassasalarining madaniy va ilmiy aloqalarini mustahkamlash, yangi bilim va tajribalarni o‘zaro almashish borasidagi istiqbolli rejalar kelishib olindi.




