TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaning talaba – yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi

#rektor_va_yoshlar
2025-yil 21-yanvar kuni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning talaba – yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Ochiq muloqot tarzida olib borilgan uchrashuvning asosiy maqsadi, talabalar bilan bevosita suhbat qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish hamda universitetdagi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qaratildi.
Shuningdek, talabalar ijtimoiy faolligini oshirish, ilmiy tadqiqotga jalb etish, ularni rag‘batlantirish kabi masalalar uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Rektor talabalarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, ularning tashabbuslari universitet rivoji uchun muhim ekanligini ta’kidladi.