Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori HUFSda o’zbek tilida ma’ruzalar o’qidi

06.11.2025, 10:31 Yangiliklar 398

Hankuk chet tillari universiteti TDSHUning yaqin hamkorlaridan hisoblanadi. Uzoq yillardan beri bu yerda o’zbek tili o’qitiladi. Qator yillardan beri koreyalik talabalar almashuv dasturlari doirasida TDSHUda o’qib kelmoqdalar. Koreyada xizmat safarida bolib turgan G. Rixsiyeva HUFS Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti talabalari va professor-o’qituvchilariga «O’zbekiston strategiyasida til ta’limi va: xalqaro hamkorlik» mavzusida ma’ruza o’qidi.

Hozirgi kundagi til siyosati, yumshoq kuch va sun’iy intellektning ta’limdagi o’rni masalalarida ham fikrlar asosida ishtirokchilar bilan muhokama bo’ldi. G.Rixsiyeva ushbu kafedrada o’zbek tili o’qitiladigan guruhda mashg’ulot o’tkazdi. Darslarni kuzatdi. Talabalar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, HUFS prorektori bilan uchrashuvda hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Markaziy Osiyo instituti direktori Dr.Son bilan kelgusidagi ish rejalari muhokama qilindi.