Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori ishtirokida ingliz tili o‘qituvchilari bilan uchrashuv

17.03.2026, 15:40 Yangiliklar 84

2026-yil 17-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva ishtirokida, universitetdagi ingliz tili o’qitadigan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, rektor tomonidan ingliz tilini o’qitishda xalqaro metodlar va ilg’or pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim berish. Xususan, dunyo bo‘ylab mashhur oliy ta’lim muassasalarda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar, onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish, interaktiv metodlar va kommunikativ yondashuvlardan keng foydalanish.

Shuningdek, o‘qituvchilarga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning til ko‘nikmalarini oshirish va o‘qitish jarayonini raqamli platformalarda uyg‘unlashtirish bilan bog‘liq tavsiyalar berildi. Uchrashuvda, o‘qitish sifatini oshirish va xalqaro standartlarga muvofiq ta’lim berish borasida topshiriqlar berildi.

Ushbu uchrashuv, ingliz tilini o‘qitish jarayonini modernizatsiya qilish va yoshlarimizning chet tilini mukammal o‘rganishi uchun muhimligi. Universitetimizda xalqaro tajriba va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o’tildi.