TDSHU rektorining magistrantlar bilan uchrashuvi
2021-yil 2-dekabr kuni TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyevaning 2021-2022 o‘quv yilida magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan magistrantlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda bo‘lajak magistrlardan professional sifatida kutilayotgan natijalar, ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi, magistrlik dissertasiyalari mavzularini shakllantirish, kredit-modul tizimida ta’lim olishning afzalliklari, ta’lim sohasida halqaro miqyosda amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, o‘quv jarayonini shaffofligini ta’minlash va ta’lim sifatini oshirish, bu borada korrupsion holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik uchun “HEMIS”-elektron platformasi joriy qilinganligi tushuntirildi.
Magistrantlar ham ta’lim sifatini yaxshilash borasida o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi, savollar bilan murojaat qilishdi.
TDSHU Matbuot xizmati