Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU Round University Ranking xalqaro reyting agentligining “Subject Ranking” yo‘nalishida TOP-500 talikdan o‘rin egalladi

28.10.2023, 11:47 526

Jahondagi yirik Round University Ranking xalqaro reyting agentligining “Subject Ranking” (Fan sohalari) reytingi natijalari e’lon qilindi.

Round University Ranking (RUR) jahon universitetlari reytingi tizimidagi global xalqaro reyting boʻlib, mazkur reyting 2010 yildan buyon 85 mamlakatdan 1200 ortiq yetakchi jahon universitetlari faoliyatini 20 ta koʻrsatkich orqali baholaydi va universitetlar faoliyatining 4 ta asosiy yoʻnalishi: ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, xalqaro xilma-xillik va moliyaviy barqarorlik boʻyicha o‘rin belgilaydi.

Joriy 2023- yil uchun e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Round University Ranking (RUR) xalqaro reytingida kuchli TOP-500 talikdan joy olib, Gumanitar fanlar yo‘nalishida “Ta’lim sifati” bo‘yicha 404-o‘rinni, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar yo‘nalishida “Moliyaviy barqarorlik” bo‘yicha 493-o‘rinni, “Ta’lim sifati” bo‘yicha esa, 501-o‘rinni egalladi.