TDSHU talabalari Kuvayt davlatida stajirovka dasturini yakunladi
TDSHUning “Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika” oliy maktabi 3-kurs talabasi Oripov Baxtiyor va “Arabshunoslik” oliy maktabi 3-kurs talabasi Yo‘ldoshev Shahobiddin Kuvayt tomonidan taqdim etilgan grant dasturi asosida Kuvayt universiteti huzuridagi Arab tilini o‘qitish markazidagi stajirovkasini muvaffaqiyatli yakunladilar.
Mazkur stajirovka orqali talabalar arab tilini chuqurroq o‘rganish, shuningdek, xalqaro madaniyatlar va ta’lim muhitiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Stajirovka davomida yosh mutaxassislar arab tili bo’yicha o‘z bilim va kompetensiyalarini kengaytirdilar.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti jamoasi nomidan barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelajakda yanada yuksak natijalar tilab qolamiz.
