TDSHU talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida amaliyot o’tashadi
Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarida amaliyot o’tash uchun o’tkazilgan tanlov natijalariga ko’ra, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 9 nafar talabalari O‘zbekiston Respublikasining
Xitoy;
Hindiston;
Rossiya;
Turkiya;
Ozarbayjon;
Tojikiston;
Qirg’iziston
davlatlaridagi elchixonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo’lga kiritishdi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rahbariyati talabalarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda ularning kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaydi.