TDSHU talabalari “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurdilar
2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari Toshkent shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” va “Shahidlar xotirasi maydoni” ga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog’ida qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish hamda yoshlar ongida tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida universitet professorlari Mirsodiq Is’hoqov va Rustam Sharipov talabalar bilan birgalikda jadidchilar harakati, ularning o‘zbek milliy uyg‘onish tarixidagi o‘rni va siyosiy qatag‘on davrida ko‘rsatgan jasoratlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv jarayonida talabalarga 20–30-yillardagi tarixiy voqealar, o‘z xalqining ozodligi, ma’rifati va istiqloli yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilarning hayoti hamda qatag‘on yillarida ularning boshidan kechirgan fojialar haqida so‘zlab berildi.
Tashrif yoshlar uchun ibratli tarixiy saboq bo‘lib, ularning vatanparvarlik ruhini, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.








