Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU talabalari – Xalqaro malay tili notiqlik san’ati tanlovi final bosqichiga yo‘l oldi

23.09.2023, 11:52 Yangiliklar 600

TDSHU talabalari – Akramova Sarvinoz va O‘tkurova Gulzoda – Xalqaro malay tili notiqlik san’ati tanlovi final bosqichiga yo‘l oldi

Xalqaro malay tili notiqlik san’ati tanlovi – Malayziya Bosh Vaziri kubogi har yili xorijdagi malay tili bilimdonlari uchun tashkil etiladi.

Mazkur tanlovning nimchorak, chorak va yarim final bosqichlari dunyo miqiyosida online shaklda o’tkaziladi. Bu yil 47 davlat ishtirokchilari orasidan 5 nafar talaba final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, O’zbekistondan 2 nafar nomzod – TDSHU talabalari finalga yo‘l oldi. Shu kunga qadar, ushbu tanlovda bir davlatdan birdaniga 2 nafar ishtirokchi final bosqichigacha yetib bormagan.